"O‘zbekiston – islom dunyosida terrorizm, ekstremizmga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borayotgan mamlakat"

"O‘zbekiston – islom dunyosida terrorizm, ekstremizmga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borayotgan mamlakat"

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan so‘nggi yillarda ilgari surilayotgan xalqaro va mintaqaviy tashabbuslar jahon hamjamiyat tomonidan munosib qarshi olinmoqda. Ushbu takliflarning qo‘llab-quvvatlanishi va izchil amalga oshirilishini dunyoning siyosiy manzarasi o‘zgarib borayotgan bugungi kun talabi nuqtai nazaridan ilgari surilganiga yana bir misol.

Turkiyaning Buyuk millat majlisidagi “Turkiya-O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi Osman Mesten “Dunyo” AA muxbiriga bergan intervyusida davlatimiz rahbari boshchiligida O‘zbekiston erishayotgan yutuqlar va xalqaro miqyosda taklif etayotgan tashabbuslar ahamiyati haqida quyidagilarni qayd etdi:

– Dunyoda ekstremizm, qurolli to‘qnashuvlar, qon to‘kilishi, jaholat va zalolat, murosasizlik, adolatsizlik kabi holatlarga guvoh bo‘lyapmiz. Islomofobiya kun sayin kuchayib bormoqda. Bu esa dunyodagi barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois bugun xalqaro miqyosda adolat va ilm-ma’rifatga asoslangan yangi global tizimga ehtiyoj bor. Bunda adolat va ma’rifatning dunyo uzra yoyishga qodir yetakchilarga ehtiyoj bor.

O‘zbekiston Prezidenti muhtaram Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining bu yo‘nalishda olib borayotgan kuchli davlat siyosati bizda alohida qiziqish uyg‘otmoqda. U Prezident sifatida ish boshlagan ilk kunlardan e’tiboran ichki va tashqi siyosatda jiddiy islohotlarni amalga oshirishga kirishdi va bu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom etmoqda. Davlatingiz rahbari mamlakatning boy tarixi va bebaho merosidan qudrat olib, tajriba va dadillik bilan insoniyatga ziyo ulashgan Imom Buxoriy, Moturidiy, Beruniy, Farobiy kabi ulug‘ allomalarga munosib voris sifatida xalqaro maydonda katta obro‘ga ega bo‘lmoqda.

Xususan, 2018 yilda BMT Bosh Assambleyasining “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyusiyasi, keyinroq esa BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasiga doir Toshkent deklarasiyasining qabul qilinishi Prezident Shavkat Mirziyoyevning faol siyosiy yetakchiligi bilan amalga oshirildi.

O‘zbekiston chuqur tarixiy va bugungi tadrijiy rivojlanish orqali dunyoga insoniy, islom madaniyati va ma’rifatini tarqatuvchi markaz sifatida tanilish uchun yetarli imkoniyat va salohiyatga ega.

Hozirgi kunda islom dunyosida terrorizm, ekstremizm kabi buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi eng muvaffaqiyatli kurash olib borayotgan mamlakat ham aynan O‘zbekistondir. Bugun O‘zbekiston dunyoga tinchlik, taraqqiyot, madaniyat va ma’rifat tarqatishda davom etmoqda.

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati qoshida yoshlar parlamenti tashkil etilganini olqishlaymiz. Ushbu tashkilotning tuzilishi Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlarga bo‘lgan e’tibori bilan birgalikda, uning o‘z mamlakati kelajagini ma’rifatparvar yoshlar timsolida ko‘rayotganidan dalolatdir. Prezident O‘zbekiston yoshlarining dunyo mamlakatlarida, shu jumladan Turkiya oliygohlarida zamonaviy bilim va kasb egallashlariga alohida ahamiyat qaratmoqda. Turkiy islom madaniyatining qayta tiklanayotgani va bu borada Prezidentlar Mirziyoyev Shavkat va Rejep Tayyip Erdo‘g‘on yetakchilik qilayotgani kelajakka bo‘lgan ishonchni kuchaytirmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi

Matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!