O‘zbekiston fond birjasidagi savdo aylanmasi 8 marta tushib ketdi

O‘zbekiston fond birjasidagi savdo aylanmasi 8 marta tushib ketdi

 

TOSHKENT (Turon24) – O‘tgan hafta "Toshkent" fond birjasidagi xaftalik savdo aylanmasi 12,4 mlrd so‘mni tashkil qildi. Bu 29 oktyabr – 2 noyabr haftasida qayd etilgan ko‘rsatkichdan 8 barobar kam, deya xabar bermoqda birja axborot xizmati.

Hafta davomida 567,2 mln dona aksiyalar sotilgan. Aksiyalarning deyarli 86 foizi tijorat banklariga tegishli.

Eng yirik bitim 5 noyabr kuni “Ravnaq-bank” XATBning 8 mln dona oddiy aksiyasi bilan 8 mlrd so‘m miqdorida tuzildi.

O‘tgan haftada bitimlar soni bo‘yicha “Kvarts” AJ yetakchilik qildi. Uning 26,4 ming dona aksiyasi bilan 140,1 mln so‘mlik 87 ta bitim tuzildi.

29 oktyabr – 2 noyabr xaftasida fond birjasidagi savdo aylanmasi 101,3 mlrd AQSh dollarini tashkil qilgan edi. Bu 2018 yildagi hafta davomida qayd qilingan eng yuqori darajadagi savdo aylanmasi hisoblanadi.

Yil davomida umumiy hisobda birjada 535,5 mlrd AQSh dollari qiymatidagi 8,8 mingta bitim imzolangan.

2018 yilning 9 oyi mobaynida "Toshkent" fond birjasida birja savdolari hajmi o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 4,8 barobar oshdi va 329,8 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Manba: turon24. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!