O‘zbekiston — Falastin uchrashuvini bahraynlik hakamlar boshqarib boradi

O‘zbekiston — Falastin uchrashuvini bahraynlik hakamlar boshqarib boradi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 19 noyabr, seshanba kuni JCh—2022 saralashining ikkinchi bosqichi doirasida Falastinga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv Toshkentda bo‘lib o‘tadi. «Paxtakor» stadioni mezbonlik qiladigan bahs 17:00 da boshlanishi belgilangan.

Ma’lum qilinishicha, mazkur uchrashuvni bahraynlik hakamlar guruhi boshqarib boradi.

Bosh hakam – Navaf Shukralla. Unga qanotlarda hamyurtlari – Yosir Halil Ibrohim Abdulla Tulefat va Muhammad Jafar Muhammad Salmon yordam beradi.

Zaxira hakami – Ammar Ibrohim Hasan Mahfud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!