O‘zbekiston diplomatlari Niderlandiyaning Utrext shahrida vaqtincha ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashdilar

O‘zbekiston diplomatlari Niderlandiyaning Utrext shahrida vaqtincha ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashdilar

O‘zbekistonning Benilyuks davlatlaridagi elchixonasi diplomatlari Niderlandiyaning Utrext shahrida qurilish sohasida ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida diplomatlar O‘zbekiston hukumati tomonidan vatandoshlarning tashqi mehnat bozoriga kirishini osonlashtirish, shuningdek, migrantlarning huquqiy himoyasini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Evropa Ittifoqi mamlakatlari bilan qonuniy migrasiya kanallarini kengaytirish, mehnat migrantlari tomonidan Niderlandiya hududida bo‘lish qoidalariga rioya qilish, ish beruvchilar tomonidan ular uchun munosib sharoitlarni yaratish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida vatandoshlar xizmatlaridan foydalanadigan Turkiyaning "Pegasus Airlines" byudjet aviakompaniyasini O‘zbekiston bozoriga qabul qilish haqidagi iltimosini tegishli vazirlik va idoralarga yetkazish yuzasidan murojaat qilishdi. Hozirda arzon aviakompaniya Bishkekdan parvozlarni amalga oshirmoqda. Ularning aytishicha, ushbu aviakompaniya mijozlarining aksariyati O‘zbekiston fuqarolari hisoblanadi.

Sayyor qabul doirasida Niderlandiyaga yangi kelgan 14 nafar O‘zbekiston fuqarosi elchixonaning vaqtinchalik konsullik hisobiga qabul qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!