O‘zbekiston avtobusi Qozog‘istonda YTHga uchradi

O‘zbekiston avtobusi Qozog‘istonda YTHga uchradi

Qozog‘istonning Jambil viloyatida O‘zbekiston davlat raqamiga ega bo‘lgan avtobus YTHga uchradi, deb xabar qilmoqda Kazinform.

Jambil viloyati Favqulodda vaziyatlar departamenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, YTH "Olmaota-Toshkent" avtomobil yo‘lining 571-kilometrida, Jambil viloyati, Jualin tumani, Bauyrjan Momishuli qishlog‘idan olti kilometr uzoqlikda 12 may kuni soat 15:50 atrofida sodir bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha avtobusda O‘zbekiston yo‘qarolari bo‘lgan. YTH oqibatida haydovchining yordamchisi va bir nafar yo‘lovchi qurbon bo‘lgan, 33 kishi kasalxonaga yotqizilgani, ulardan uch nafari reanimasiyada, - deyiladi xabarda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ob-havo sharoitining yomonlashishi (yomg‘ir va do‘l, tahr.) tufayli avtobus haydovchisi boshqaruvini yo‘qotib, shu yo‘nalishda harakatlanayotgan traktor tirkamasi bilan to‘qnashib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 345-moddasi 4-qismi (Transport vositasini boshqarayotgan shaxs tomonidan ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish) bilan tergovga qadar tekshiruv qo‘zg‘atilgan.

Jambil viloyati trassasida yuz bergan YTHda jabrlanganlar uchun ishonch telefoni ochildi: 8 (7262) 51-35-75, 51-41-67.

O‘zbekistonning Olma-otadagi Bosh konsulligi xabariga ko‘ra, ayni damda konsullik huzurida jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha shtab tuzilgan. Halok bo‘lganlarning jasadlarini vataniga olib borishning tashkiliy masalalari hal etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Olmaota shahridagi Bosh konsulligiga +77779504422 yoki +77779504433 raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!