O‘zbekiston «ArMI — 2021» Armiya xalqaro o‘yinlarining qaysi yo‘nalishlarida ishtirok etadi?

O‘zbekiston «ArMI — 2021» Armiya xalqaro o‘yinlarining qaysi yo‘nalishlarida ishtirok etadi?

Kecha Milliy matbuot markazida tashkil etilgan tadbirda shular haqida so‘z bordi.

Bugun O‘zbekiston Qurolli Kuchlari dunyo armiyalari kuch-qudrati namoyon bo‘ladigan «ArMI» Armiya xalqaro o‘yinlarida munosib ishtirok etib kelmoqda.

O‘zbekiston «ArMI — 2021» Armiya xalqaro o‘yinlarining qaysi yo‘nalishlarida ishtirok etadi?

Chunonchi, 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi 16 ta yo‘nalishdagi musobaqalarda ishtirok etib, 14 ta sovrinli o‘rinni egalladi va yakunda 32 ta davlat o‘rtasida faxrli 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi. Musobaqalar davomida 37 ta rekord o‘rnatilib, ulardan 9 tasini jamoamiz a’zolari qayd etishdi. Musobaqalarda jami 3 ta 1-o‘rin («Sodiq do‘st», «Yo‘l patruli», «Harbiy-tibbiy estafeta» ), 8 ta 2-o‘rin («Xavfsiz marshrut», «Elbruss halqasi», «Otliq marafon», «Qurolsoz usta», «Qo‘shinlar razvedka a’lochisi», «Artilleriya olovi ustasi», «Merganlar marrasi», «Harbiy ralli»), 3 ta 3-o‘rin («Dala oshxonasi», «Xavfsiz muhit», «Avtozirhli texnika ustasi») qo‘lga kiritildi. Vaholonki, 2019 yildagi o‘yinlarda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi 14 ta yo‘nalish musobaqasida ishtirok etib, 11 ta sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan edi.

«ArMI — 2021» armiya xalqaro o‘yinlarida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi 24 ta yo‘nalishdagi musobaqalarda qatnashishi rejalashtirilgan. Jumladan, ularning 2 tasi («Harbiy-tibbiy estafeta» va «Dala oshxonasi» musobaqalari) O‘zbekistonda (Jizzax viloyatidagi «Forish» tog‘ dala o‘quv maydonida), 10 tasi( «Elbruss halqasi», «Avtozirhli texnika ustasi», «Qo‘shinlar razvedka a’lochisi», «Armiya madaniyati», «Xavfsiz marshrut», «Muhandis formulasi», «Tank biatloni», «Desant vzvodi», «Armiya taktik o‘qchisi», «Sayan yurishi») Rossiya Federasiyasida, 3 tasi(«Professional mergan», «Ishonchli qabul», «Qutb yulduzi») Belarus Respublikasida, 2 tasi («Musaffo osmon», «Xavfsiz muhit») Xitoy Xalq Respublikasida, 2 tasi («Harbiy ralli», «Otliq marafon») Mo‘g‘ulistonda hamda Jazoir(«Sodiq do‘st»), Qozog‘iston Respublikasi («Artilleriya olovi ustasi»), Vyetnam («Merganlar marrasi»), Eron(«Qurolsoz usta») va Qatar davlatida («Yo‘l patruli») bittadan bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston «ArMI — 2021» Armiya xalqaro o‘yinlarining qaysi yo‘nalishlarida ishtirok etadi?

Shuningdek, mazkur yilda 8 ta («Ishonchli qabul», «Desantchi vzvodi», «Armiya madaniyati», «Qutb yulduzi», «Muhandis formulasi», «Armiya taktik o‘qchisi», «Professional mergan», «Sayan yurishi») musobaqalarda yurtimiz jamoalarining ilk marotaba qatnashishi ko‘zda tutilgan. Ta’kidlash lozimki, shu yilning 14-16 aprel kunlari Rossiya Federasiyasining shimoliy o‘lkasi «Ergakiy» tog‘ markazida Rossiya, XXR, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston kabi mamlakatlar jamoalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan «ArMI» armiya xalqaro o‘yinlarining «Sayan yurishi» musobaqasida yurtimiz jamoasi faxrli III o‘ringa sazovor bo‘lib qaytdi.

Erishilayotgan yutuqlarning o‘sish dinamikasi mamlakatimizda boshqa sohalar qatori yurtimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlash yo‘lidagi yuksak marralar sari dadil odimlar tashlanayotganini anglatadi.

Bu esa o‘z navbatida mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining jangovar shayligi va mudofaa qobiliyatini yuksaltirishga, pirovardida tinchligimiz va barqarorligimizni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

«O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoalari «ArMI — 2021» Armiya xalqaro o‘yinlarida ishtirok etish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda» mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Armiya xalqaro o‘yinlarining sovrindorlari, Mudofaa vazirligining soha yo‘nalishlari bo‘yicha mas’ul bosh boshqarmalari boshliqlari, Respublika axborot agentliklari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!