O‘zbekiston 29 yil deganda ilk marta Osiyo O‘yinlari yarim finalga chiqdi

O‘zbekiston 29 yil deganda ilk marta Osiyo O‘yinlari yarim finalga chiqdi

O‘zbekiston erkaklar olimpiya terma jamoasi 29 yil deganda ilk marta Osiyo O‘yinlarining yarim finaliga chiqdi. Bu ishni Temur Kapadze boshqaruvidagi yigitlarimiz uddalashdi.

Futbolchilarimizga chorak finalda biz uchun noqulay raqib — Saudiya Arabistoni raqib bo‘ldi. Raqib o‘yin boshidan yuqori temp evaziga jamoamiz qiyin ahvolga tushirishga harakat qildi. Ammo ularga qrashi qo‘llangan yuqori pressing bizga samara berdi. Bahsning 24-daqiqasida maydon markazida O‘zbekiston to‘pni egallagach Jasur Jaloliddin ajoyib pas bilan Mirsaidovni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yubordi. Chap qanot himoyachimiz esa aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Birinchi bo‘lim so‘ngida yana bir hujumimiz samara keltirdi. Alisher Odilov raqib posbonni aldab o‘tib, bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida himoyadagi kichik e’tiborsizlik tufayli gol o‘tkazib yubordik. Natijada o‘yin oxirigacha biroz asabiy o‘ynashimizga to‘g‘ri keldi. Shunga qaramay, jamoamiz hisobni ushlab qoldi va Osiyo O‘yinlari yarim finaliga chiqdi.

O‘zbekiston 1994 yilgi musobaqada g‘olib chiqqan bo‘lsa, o‘shandan buyon yarim finalga chiqa olmay kelayotgandi.

Osiyo O‘yinlari-2022. Futbol, erkaklar, chorak final
O‘ZBEKISTON - SAUDIYa ARABISTONI - 2:1
Gollar: Saidazamat Mirsaidov (24), Alisher Odilov (44) — Maran (65)
Chetlatish: Abdulloh Radif (90+5)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!