“Uzbekistan Airways” Zominga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

“Uzbekistan Airways” Zominga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

“Uzbekistan Airways” Zominga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmatida xabar berildi.

Ta’kidlanishicha, parvozlar ertaga, 7 sentyabrdan boshlab amalga oshiriladi.

HY1001/1002 qatnovlari har kuni quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

Toshkent – Zomin Samarqand;

Samarqand – Zomin Toshkent.

Ma’lum qilinishicha, bir tomonlama aviachipta narxi 105 000 so‘mdan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatida Zomin aeroporti ochilgani xabar qilingan edi. Aeroport 30 o‘ringa mo‘ljallangan yo‘lovchi terminaliga ega.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!