Uzbekistan Airways 2022 yilda foydani keskin ko‘paytirdi

Uzbekistan Airways 2022 yilda foydani keskin ko‘paytirdi

Uzbekistan Airways 2022 yil uchun moliyaviy hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, kompaniya o‘tgan yili 12,3 trln so‘mlik daromad ko‘rgan. Bu 2021 yilgi 6,3 trln so‘mga nisbatan deyarli ikki barobar ko‘p.

2022 yilda kompaniya xarajatlari 9,2 trln so‘m bo‘lgan va 2021 yilgi 4,9 tlrn so‘mga nisbatan keskin o‘sgan.

Uzbekistan Airways'ning 2022 yilgi sof foydasi qariyb besh barobarga ko‘paygan — 53,8 mlrd so‘mdan 294,2 mlrd so‘mgacha. Daromad solig‘i bo‘yicha ma’lumotlar keltirilmagan.

Manba: Bankir telegram-kanali.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!