O‘zbekicton musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarovning Janubiy Koreyaga amaliy tashrifi boshlandi

O‘zbekicton musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarovning Janubiy Koreyaga amaliy tashrifi boshlandi

Janubiy Koreyada bo‘lib turgan vatandoshlarimizga muqaddas Islom dinining asl mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berish va ularning diniy-ma’rifiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarovning Janubiy Koreyaga amaliy tashrifi boshlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif dasturiga ko‘ra, Koreya Musulmonlar federasiyasi (Korea Muslim Federation) rahbariyati bilan uchrashuv, O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan Koreya musulmonlar federasiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandumni imzolash, ushbu mamlakatda istiqomat qilayotgan vatandoshlar uchun diniy-ma’rifiy mavzuda ma’ruzalar tashkil etish rejalashtirilgan.

Qayd etish kerakki, bu O‘zbekicton musulmonlari idorasi raisining Janubiy Koreyaga ilk tashrifidir.

Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov hazratlarining Janubiy Koreyaga tashrifi 18 aprelga qadar davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!