"Uzavto Motors" monopoliyasi o‘zbekistonliklarni kulguga qoldirmoqda

"Uzavto Motors" monopoliyasi  o‘zbekistonliklarni kulguga qoldirmoqda

"Uzavto Motors" monopoliyasi o‘zbekistonliklarni kulguga qoldirmoqda, deb yozadi deputat Rasul Kusherbayev.

Masalan, Qozog‘istonning asosiy tv kanallaridan biri "Xabar 24" navbatlar haqida lavha tayyorlabdi.

"Oldindan pulini to‘lab qo‘yib avtomobilini ola olmayotgan o‘zbekistonliklar safi 30 mingdan ortdi... Shunga qaramay kompaniya Tojikistonda o‘z dilerlik punktini ochgan", deyiladi xabarda.

Mamlakat ichida hurmati deyarli qolmagan monolistdan xalqqa foyda yo‘qligi allaqachon ma’lum bo‘lgan. Xatto Prezident Shavkat Mirziyoyev ham bu haqida aytib o‘tgan.

Shuncha zarari yetmagandek ushbu "imtiyozxo‘r monopolist"ning xalqaro hamjamiyat va horijda ham misqollab yig‘ilgan mamlakat obro‘si, imidjini tushirib, o‘zbekistonliklarni boshqa xalqlar oldida kulguga qoldirayotgani alamli!

❗️Haqini to‘lab, avtomobilini ololmayotgan iste’molchilarga avtomobil yetkazib berish imkoniyati yo‘q bo‘lsa, ayni vaqtda horij avtomobillariga nisbatan bojlarni tushirish eng to‘g‘ri yo‘l. Buni hukumatdagi amaldor va mutaxasssislar qo‘llab-quvvatlashlari kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!