"Uzaviasiya" agentligida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida seminar o‘tkazildi

Joriy yilning 15 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviasiyasi agentligida “Korrupsiyaga qarshi kurashish-barchamizning burchimiz” mavzusida «O‘zaviasiya» agentligi direktori T. Nazarov raisligida navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis O. Po‘latov, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bosh inspektori A. Yunusov ishtirokida korrupsiyaning kelib chiqishi, uning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy zararlari, korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslari va mexanizmlari to‘g‘risida prezentasiya materiallari yordamida batafsil tushuntirib o‘tdilar.
Tadbir yakunida mavzuga oid bir qator fikr mulohazalar bilan almashilib, o‘zaro savol-javoblar o‘tkazildi va ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.