Uyda davolanayotgan bemor uyni tark etsa, o‘sha uyda necha kungacha koronavirus yashaydi?

Uyda davolanayotgan bemor uyni tark etsa, o‘sha uyda necha kungacha koronavirus yashaydi?

Uyda davolanayotgan bemor uyni tark etsa, o‘sha uyda necha kungacha koronavirus yashaydi? Infeksiyani yo‘q qilish uchin qanday dezinfeksiya qilish mumkin? Bu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Botir Qurbonov javob berdi.

"Ilmiy tadqiqodlar shuni ko‘rsatdiki, koronavirusning narsa-buyumlar sirtida, yuza qismlarda o‘rtacha yashash davri 2 soatdan 8-10 kungacha.

Kasallik aniqlangan uyda dezinfeksiya tadbirlarini tashkillashtirish zarur. Bu borada kasallik aniqlangan uyda hududiy sanepidxizmat xodimlari tomonidan ma’lumot dezinfeksiya brigadalariga yetkaziladi va ular tomonidan o‘choqli dezinfeksiya tadbirlar amalga oshiriladi.

Qolaversa, xonadonda yashovchilar o‘zlari ham uy sharoitida dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazishi mumkin. Dezinfeksiya deyilganda nafaqat xlorli vositalar, balki xonalarni tez-tez shamollatish, nam tozalov ishlarini olib borish tavsiya etiladi. Albatta bunday tadbirlarni o‘tkazishda shaxsiy himoyaga e’tibor berilishi zarur", dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!