O‘tgan davr uchun ham aliment talab qilsa bo‘ladimi?

O‘tgan davr uchun ham aliment talab qilsa bo‘ladimi?

— 2018 yil alimentga ariza bergandim. 4 oydan keyin qaytarib oldim, bolamni otasi 2 oy to‘ladi, xolos. O‘tgan yili sobiq erim uylandi. Sudga ikki nafar bolaga aliment tayinlashni so‘rab murojaat qildim. O‘tgan yillar uchun ham aliment talab qilsam bo‘ladimi?

Ismi sir tutildi.

Bahodir Saidmuratov, Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi:

— Oila kodeksining 96-moddasiga ko‘ra, ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berishi shart.

Savolga aniq javob berish uchun siz muqaddam aliment undirish uchun bergan ariza asosida qabul qilingan sud hujjatini “qaytarib olganligingiz” holatiga aniqlik kiritish lozim bo‘ladi. Agarda “qaytarib oldim” deganda aliment undirish haqidagi ijro varaqasini majburiy ijro byurosidan qaytarib olganligingizni nazarda tutgan bo‘lsangiz, muayyan muddat o‘tganidan keyin takroran ushbu ijro varaqasini majburiy ijro bo‘limiga topshirishda hech qanday to‘sqinlik mavjud emas.
Zero, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonuni 27-moddasining 5-qismiga ko‘ra, Davriy to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi (alimentlar undirish, sog‘liqqa shikast yetkazilgani oqibatidagi zararni qoplash to‘g‘risidagi va shu kabi ishlarga doir) sud hujjatlari bo‘yicha ijro hujjatlari to‘lovlarni undirishning belgilangan butun davrida o‘z kuchini saqlab qoladi. Shunga ko‘ra, siz endilikda aliment to‘lovlarini davom ettirishni istasangiz, takroran sudga bu haqida bilan ariza bilan murojaat qilish zarurati mavjud emas, majburiy ijro bo‘limidan qaytarib olingan ijro varaqasi takroran topshirilishi lozim.

Agarda, “qaytarib oldim” deganda aliment undirish haqida chiqarilgan sud buyrug‘ini bekor qilish haqida ariza bilan murojaat qilgan bo‘lsangiz, bu holatda sudga yangidan aliment undirish haqida ariza bilan murojaat qilishingiz lozim bo‘ladi.

Oila kodeksining 136-moddasiga ko‘ra, aliment olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs, aliment talab qilish huquqi vujudga kelganidan so‘ng qancha muddat o‘tganidan qat’i nazar, xohlagan vaqtda aliment undirish to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.

Aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undiriladi.

Shu bilan birga, mazkur modda 136-modda talablariga ko‘ra, aliment o‘tgan davr uchun uch yillik muddat doirasida undirilishiga har qanday holatda ham emas, faqat ta’minot uchun mablag‘ olish choralari sudga murojaat qilingunga qadar ko‘rilganligi, ammo aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning uni to‘lashdan bosh tortganligi oqibatida aliment olinmaganligi asos bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!