"Umurtqasi g‘oyib bo‘ldi": internetda Tereza Mey kulgiga sabab bo‘ldi

"Umurtqasi g‘oyib bo‘ldi": internetda Tereza Mey kulgiga sabab bo‘ldi

Internet tarmoqlarida Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning reveranslari qizg‘in muhokama qilinmoqda. Bu safar Mey Birinchi jahon urushi vaqtida Amyen ostidagi jangda qozonilgan g‘alabaning 100 yilligi tantanasida shahzoda Uilyamni antiqa tarzda qarshi olgani uchun kulgiga olindi.

Twitter foydalanuvchisi Mutaz Elnour Hukumat rahbarining akrobatik xususiyatlariga tan bergan holda, o‘zining 41 yoshida bu kabi mashqlarga yuragi dov bermagan bo‘lishini ta’kidlagan.

Toxic Shop Syndrome nikli foydalanuvchining kuzatuviga qaraganda, shahzoda Uilyam Meyning reveransidan keyin o‘zini bazo‘r kulgidan tiygan.

I'm Alright Jack — It's Every Man For Himself nikli foydalanuvchi esa, tez orada Tereza Mey qirol oilasi vakillari oldida ta’zim bajo keltirib, ularga sajda qilishga o‘tishini taxmin qilgan.


 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!