Koronavirusga chalinish holatlari ortgani sababli Saudiya Arabistoni hukumati umra safari bo‘yicha yangi qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, koronavirusga qarshi emlangan kishilar Ramazon oyidan e’tiboran yil davomida umra ziyorati uchun Saudiya Arabistoniga kelishi mumkin.
Haj va umra vazirligi faqatgina emlangan kishilarning umra amallarini bajarishiga va Masjidul Haromda namoz o‘qishiga ruxsat berilishini ma’lum qildi. Bunday kishilar sirasiga vaksinaning ikki dozasini ham olganlar, ziyoratdan kamida 14 kun oldin bir doza bilan emlanganlar yoki koronavirusdan tuzalganlar kiradi.
1 aprel kuni Haj va umra vazirligi Ramazonda umra amallarini ado etishni istaganlardan koronavirusga qarshi emlanganlik talab etilmasligini bildirgan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Интернет ижтимоий тармоқларида Бешариқ туманида “ёввойи” кимса пайдо бўлгани ва аёллар, болaларга ташланиб қолаётганлиги ҳақида тарқалган хабар Фарғона вилояти ИИБ томонидан ўрганиб чиқилди.
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 5 август куни Туркманбоши шаҳридаги "Аваза" миллий туризм ҳудудида ўтаётган БМТнинг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учинчи конференциясида иштирок этди.