Ulug‘norlik ota 5 yillik aliment pullari oldindan to‘lab berdi

Ulug‘norlik ota 5 yillik aliment pullari oldindan to‘lab berdi

Alimentlarni oldindan to‘lash tartibi joylarda tushuntirib borayotganligi o‘z samarasini berib, aliment to‘lovlarini oldindan to‘lash istagini bildirayotgan otalar soni ortib bormoqda.

Ulug‘nor tumani, Mingbuloq mahallasida istiqomat qiluvchi J.X. bir nafar o‘g‘li uchun aliment to‘lab kelayotgan edi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, sudning ijro hujjatiga binoan qarzdorning mamlakat hududidan chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.

Oldindan, eng kami 5 yil muddat uchun aliment to‘lash mumkinligi Byuro xodimlari tomonidan tushuntirilgach J.X. farzandi uchun 5 yillik aliment pullarini to‘lab berdi.

2029 yilga qadar hisoblangan 91,3 mln. so‘m miqdoridagi aliment pullari oldindan to‘langani bois, sudning ajrimi bilan qarzdor J.X. ga qo‘yilgan taqiqlar bekor qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!