O‘limi hamon sirligicha qolayotgan mashhur xonanda

O‘limi hamon sirligicha qolayotgan mashhur xonanda

1977 yil 16 avgust kuni 42 yoshli Elvis Preslining jasadi qallig‘i Presli Ginger Alden tomonidan “Graceland” saroyining hammomida topilgan.

Xabarlarga ko‘ra, rok-n-roll qiroli og‘riq qoldiruvchi va tinchlantiruvchi vositalar miqdorining haddan tashqari ko‘payib ketishi tufayli yurak xurujidan vafot etgan.

Presli o‘limining soxtaligi haqidagi shubhalar qayerdan paydo bo‘lgan?

Gap shundaki, Presli vafotidan ko‘p o‘tmay, uning muxlislaridan biri Memfis aeroportida undan dastxat olgan va ekspertiza namunaning haqiqiyligini tasdiqlagan. Bundan tashqari, tergovning maxfiy tarzda olib borilishi skeptiklarni yanada vahimaga tushirgan, deydi “odam.uz”.

Preslining muxlislari uning o‘limini haddan tashqari shov-shuv, matbuot bilan muloqot va intervyularsiz “osudalikka ketish” uchun uyushtirilgan  sahna ko‘rinishi, deb hisoblashadi. Aytishlaricha, qo‘shiqchi umrining qolgan qismini biron bir iliq mamlakatda o‘tkazishga qaror qilgan. Buning uchun uning yetarli mablag‘i ham bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!