Ukrainaning Qrimni “zabt etish” g‘oyasi katta mojaroga olib kelishi mumkin

Ukrainaning Qrimni “zabt etish” g‘oyasi katta mojaroga olib kelishi mumkin

Ukrainaning Qrimni “o‘zlashtirib olish” haqidagi aqldan ozgan g‘oyasini AQSh qo‘llab-quvvatlashi keng ko‘lamli mojaroga olib kelishi mumkin. Bu haqda amerikalik konservativ jurnalist Rod Dreer yozgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Ukraina bo‘yicha mojaroning barham topishi uchun hamma narsani qilishi kerak.

“Buning o‘rniga, hozir Vashington Kiyev rasmiylarining Rossiya Qora dengiz floti joylashgan Qrimni qaytarib olish haqidagi aqldan ozgan g‘oyasini qo‘llab-quvvatlash haqida o‘ylamoqda”, — deb yozgan Dreer.

Materialda ta’kidlanishicha, G‘arbdagi qator siyosatchilarning bunday xatti-harakati “Uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin”.

Sentyabr oyida Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Qrim Rossiyaning ajralmas qismi ekanligini va Rossiya hududiga da’volarga munosib javob berilishini aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!