Ukraina Trampning qazilma resurslar bo‘yicha yangi shartnomasini qabul qila olmasligi deyarli aniq — The Wall Street Journal

"Kiyev Tramp ma’muriyati tomonidan taklif qilingan yangi shartlarni katta ehtimollik bilan qabul qila olmaydi. Kutilgan natijalarning mos kelmasligi AQSh va Ukrainani yangi ziddiyat bosqichiga olib kelishi mumkin", deb yozadi nashr.
WSJ'ning tasdiqlashicha, Vashington tomonidan taklif qilingan yangi bitim shartlari Kiyevga nisbatan juda qattiq bo‘lib, Trampning Ukrainadan milliardlab harbiy va moliyaviy yordamni qaytarish talabi asosida shakllantirilgan.
"Ukraina resurslari va infratuzilma loyihalaridan tushgan daromad yo‘naltiriladigan fond Delaver shtatida “AQSh va Ukraina Tiklanish Investision Fondi” nomi ostida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ya’ni, fondni nomining o‘ziyoq birinchi navbatda AQShning “tiklanishi” nazarda tutilayotganini anglatadi.
Shartnoma mavjud loyihalarga ham tegishli bo‘ladi. Agar hujjat imzolansa, Ukraina 45 kun ichida mamlakat hukumatidan lisenziya olgan resurs loyihalarining ro‘yxatini tuzishi shart", deb yozadi gazeta.
Ukraina prezidenti devoni rahbari Yermakning norasmiy maslahatchisi Milovanov WSJ bilan suhbatda Ukraina parlamenti bunday kelishuvni “hech qachon qabul qilmasligini” ta’kidladi.
"Tramp jamoasida ukrainaliklarni o‘z istaklariga majburlash uchun ularga kuchli bosim o‘tkazish rejasi bor", — deya fikr bildirdi Atlantika kengashi katta ilmiy xodimi Reychel Riso.