Ukraina qo‘shinlari katta yo‘qotishlarga uchragani aytildi

Ukraina qo‘shinlari katta yo‘qotishlarga uchragani aytildi

Amerikaning “New York Times” gazetasi Donbassdagi Ukraina qo‘shinlarining to‘ldirilgan morglari va og‘ir yo‘qotishlari, shuningdek, harbiylarning qurol va o‘q-dorilar yetishmasligi bo‘yicha shikoyatlari haqida yozdi.

Qayd etilishicha, Kiyev nazorati ostidagi hududdagi front gospitallaridan birida morg ukrainalik askarlarning jasadlari bilan to‘ldirilgan, boshqa gospitalda yaradorlar bo‘lgan zambillar hatto yo‘laklarda ham turgan.

“Fuqarolik hayotida siz bilasizki, smenangiz qanchalik dahshatli bo‘lmasin, u ertami-kechmi tugaydi. Bu yerda qachon tugashini hech qachon bilib bo‘lmaydi”, - deydi gospitalning harbiy jarrohi Miroslav Dubenko.

Ukraina qo‘shinlari, shuningdek, rus qo‘shinlari soni va quroli bo‘yicha ulardan oldinda ekanligidan shikoyat qilmoqda.

“Deyarli 12 oy davom etgan shiddatli janglardan charchagan Ukraina qo‘shinlari... ularda tanklar va artilleriya qurollari borligini aytishmoqda, lekin ular ham, boshqasi ham yetarli emas, o‘q-dorilar esa dushmannikidan ancha kam”, - deb yozadi gazeta.

Nashr Artyomovsk yaqinida yaralangan Pavel ismli ukrainalik harbiyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi:

“Sizda 50 nafar, ularda 300 nafar yigit bo‘lsa, bu ayniqsa qiyin”.

Ta’kidlanishicha, bu hududda Ukraina kuchlarining yo‘qotishlari katta bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!