Ukraina madaniyat vaziri «yaxshi ruslar» borligiga ishonmaydi

Ukraina madaniyat vaziri «yaxshi ruslar» borligiga ishonmaydi



Moskvaning harakatlarini qoralaganlarni Aleksandr Tkachenko «foydali» deb atadi. Unga ko‘ra, Rossiya Federasiyasining ayrim fuqarolari «Rossiya agressoriga qarshi kurashda» qo‘llanilishi mumkin.

Mahalliy jurnalistlarga bergan intervyusida vazirning qo‘shimcha qilishicha, G‘arb davlatlari Rossiya OAVlarini moliyalashtirmasligi kerak, chunki ularda ruslar ishlaydi.

Uning ishonchi komilki, hatto g‘arbparast rus jurnalistlari orasida ham «ruscha hikoyalar»ni olib yuradigan va hamma ruslar ham yomon emasligini aytadigan odamlar bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!