Ukraina G7dan Eron va Suriyadagi zavodlarga hujum qilish uchun qurol so‘radi

Ukraina G7dan Eron va Suriyadagi zavodlarga hujum qilish uchun qurol so‘radi

Ukraina G7dan Eron va Suriyadagi zavodlarga hujum qilish uchun qurol so‘radi, deb yozadi The Guardian.

Avgust oyida Kiyev G7 davlatlariga topshirgan hujjatda aytilishicha, Rossiya o‘tgan uch oy ichida Yevropa tarkibiy qismlarini o‘z ichiga olgan dronlar yordamida Ukraina shaharlariga 600 dan ortiq hujum uyushtirgan.

Shu munosabat bilan Ukraina «Eron va Suriyadagi dron zavodlariga, shuningdek, Rossiya Federasiyasidagi potensial ishlab chiqarish maydonchasiga raketa zarbalari berishni» taklif qilmoqda.

Avvalroq Forbes Ukraina Qurolli kuchlari dronlardan foydalanishda Rossiyadan sezilarli ortda qolganini tan olgani haqida yozgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!