Ukraina askarlarining hujumi oqibatida 10 oylik qizaloq halok bo‘ldi

Ukraina askarlarining hujumi oqibatida 10 oylik qizaloq halok bo‘ldi

10 oylik qizaloq Ukraina qurolli kuchlari (UQK) tomonidan Lugansk Xalq Respublikasining (LXR) Kremennaya shahrida artilleriyadan o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda uning onasi, 23 yoshli Mariya ma’lum qildi, deya xabar beradi «RIA Novosti».

Onaning so‘zlariga ko‘ra, otishma 21 yanvar kuni sodir bo‘lgan, o‘sha paytda qizi uning qo‘lida bo‘lgan. Mariyaning bobosining aytishicha, u qo‘lida bolasi bilan deraza oldida turgan va ular singan shisha bo‘laklardan yaralangan.

Marhum bolaning buvisi agentlikka avvali portlash sodir bo‘lganini, keyin esa Mariyaning qichqirganini eshitganini aytdi. Bolani keyinroq topishdi, u ko‘p qon yo‘qotgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!