O‘g‘il bola Onasi pinjida ulg‘aysa nima bo‘ladi?

A A A
O‘g‘il bola Onasi pinjida ulg‘aysa nima bo‘ladi?

Epigraf. Bitta Ona menga o‘g‘lining quloqsiz bo‘lib qolayotganidan ezilib gapirdi. Men ushbu mushtipar Onani uzoq tinglab ushbu maqolani tayyorlashga jazm qildim. Bundan yosh onalar va otalar o‘zlariga xulosa chiqarib olishar, degan umiddaman.

Ona – ulug‘ zot! Ona o‘z ko‘ziga tik qarab o‘dag‘aylayotgan o‘g‘lining ko‘zlariga hatto mehr ila boqadi. Onalarni hech bir davlat askar sifatida armiyaga olmagan. Chunki qo‘lida miltiq ushlagan Ona ro‘parasida kelayotgan dushmanga o‘q uza olmaydi: “O‘sha dushman yigitning ham onasi bor, axir ona farzand dog‘ida yonib ado bo‘ladiku!

Bu jumlalarni Siz lirik chekinishlar deb o‘ylamang. Haqiqatan ham shunday! Siz harbiy psixologiyaga oid maxsus adabiyotlarni o‘qib ko‘ring. Bunga o‘zingiz amin bo‘lasiz. U holda To‘maris va Janna D´ark haqida nima deysiz, degan savol tug‘iladi? To‘g‘ri ular farzandlarini himoya qilish uchun qo‘liga qurol olishgan, Vatanni himoya qilish uchun shunday qilishgan.

Nima uchun barcha davlatlarda “Ona Vatan” iborasi qo‘llaniladi. Nega Ota Vatan deyilmaydi? Vatanni boshqarayotgan Otalar emasmi? Nega “Ona tili” deyiladi? Bu tilda Otalar ham gaplashadiku? Payg‘ambarlarimiz erkak kishi bo‘lishgan va onalarni juda ulug‘lashgan. Muqaddas kitoblarning barchasida “Jannat onalar oyog‘i ostidadur” deyilgan. Hamma jannatga tushishni orzu qilib yashaydi. Demak, barchamiz onalar oyog‘i ostida poyondoz bo‘lsak arziydi. Ona ulug‘ va qudratli zot!

Ona mehridaryo inson! Biroq ushbu mayin daryoda cho‘milib rohatlanish o‘rniga, unda cho‘kib ketayotgan o‘g‘il bolalar ko‘paygandek nazarimda. Ular qattiq yerga nega moslasha olishmayapti? Keling, hozir ona pinjida ulg‘ayayotgan o‘g‘il bola va uning asoratlari haqida fikr yurgizamiz.

O‘g‘il bola Onasi pinjida ulg‘aysa nima bo‘ladi?
1. Onasi pinjida o‘sayotgan o‘g‘il yumshoq, mehrtalab, ayolsifat bo‘lib boradi va o‘g‘il bolalarga qo‘shilib keta olmaydi.

2. Onasi pinjida ulg‘aygan o‘g‘il xohlaydimi, xohlamaydimi “Erkaklar dunyosi” ga tushishga majbur. Chunki u erkak! Erkaklar dunyosi beshafqat bo‘lib, u yerda “Ayollar qonuni” o‘tmaydi.

3. Onasi pinjida ulg‘aygan o‘g‘il oila qurgach uni boshqarishda juda qiynaladi va xotiniga qul bo‘lib qolish xavfi har doim saqlanib turadi. Oilani boshqarishda boshi qotgan bunday o‘g‘il Ota emas, Onasi oldiga maslahatga chopadi. Biroq endi onaning “Erkak bo‘l, axir” degan o‘gitlari o‘tmaydi. Chunki uning quloqlari ayol kishi tovushiga moslashib bo‘lgan va erkakcha so‘zlarga u yerda joy qolmagan. Endi esa kech!

4. Ona pinjida ulg‘aygan o‘g‘ilda vajohat, dadillik, qat’iyat, qattiqqo‘llik bo‘lmaydi, u nafaqat erkaklarga, balki ayollarga ham so‘zini o‘tkaza olmaydi. Chunki ayolsifat o‘g‘il bolani nafaqat erkaklar, balki ayollar ham hurmat qilmaydi.

5. Ona pinjida ulg‘aygan o‘g‘il o‘zi Ota bo‘lgach o‘g‘lining tarbiyasini o‘zi anglab yetmagan holda xotini qo‘liga topshirib qo‘yadi. Natijada o‘g‘il uchun Ota ikkinchi darajali insonga aylanadi va maslahat uchun u ham Ona oldiga chopadi. Oxir-oqibat “Ona pinjida ulg‘ayish” sindromi uning o‘g‘lida ham davom etadi va bu odat avloddan-avlodga o‘tib boraveradi.

6. Ona pinjida ulg‘aygan o‘g‘il Otasini hurmat qilmay o‘sadi, undan qochadigan bo‘ladi, Ota vajohatini ko‘tara olmaydi. Natijada o‘g‘il erkaklik xislatlaridan bebahra bo‘lib ulg‘ayadi va buning oqibatlarini katta bo‘lganda anglab yetadi.

7. Ona pinjida ulg‘aygan o‘g‘il keyinchalik oila qursa, undan “Oila sardori” chiqmaydi, u xotiniga qaram bo‘lganini o‘zi sezmay qoladi. Uning ayolsifat xarakterini payqagan ziyrak xotin, oilani boshqarishni sekin-asta o‘z qo‘liga tortib oladi. Oqibatda Ona – oila sardoriga aylanadi.

8. Ona pinjida ulg‘aygan o‘g‘ildan yaxshi mutaxassis chiqishi mumkin, biroq rahbar yetishib chiqmaydi. Jamoani boshqarish u yoqda tursin, u hatto o‘zini-o‘zi boshqara olmaydi. Bu dunyoning yarmi erkaklar bo‘lganligi bois, ularning dunyosiga kirishib keta olmaydi.

9. Ona pinjida ulg‘aygan o‘g‘il, katta bo‘lgach “Yo‘q” deyishni bilmaydi, u deyarli har doim “Ho‘p bo‘ladi” deydi xolos. Chunki ilk bolalik davridan uning quloqlari tagida “Xo‘p bo‘ladi, o‘g‘lim” degan ayol kishining tovushi yangragan. Tabiiyki, bunday yigit “Yo‘q” so‘zi hukmron bo‘lgan zamonda o‘z o‘rnini topib keta olishi dargumon.

10. Ona pinjida ulg‘aygan o‘g‘il bilan erkaklar hisob-kitob qilmay qo‘yadi, ularning o‘z fikri bo‘lmaydi, mayda gap bo‘lishadi, ularning fikri erkaklar jamoasida ko‘pincha e’tiborsiz qoladi, boshqa birovlar u yoqda tursin, ular hatto o‘z o‘g‘liga so‘zini o‘tkaza olishmaydi (chunki bu o‘g‘il ham Ona pinjida katta bo‘lyapti).

11. Ona pinjida ulg‘aygan o‘g‘il alamzada va tajovuzkor bo‘ladi, oilani bilim bilan emas, bilak bilan boshqarishga intiladi. Mabodo “Seni oilangda xotin hukmdor” degan gap qulog‘iga chalinsa, turmush o‘rtog‘ini qo‘lga olish uchun uni uradigan odat chiqaradi. Natijada xotini va farzandlari ko‘ziga yomon ko‘rinib qoladi va battar obro‘si tushadi.

12. Ota vajohatini ko‘rmay, ona mehriga suykalib katta bo‘lgan o‘g‘il armiyaga chaqirilib desantchilar armiyasiga tushib qolsa va mabodo komandirdan bir shapaloq yesa, “Oyijon meni komandir urdi” deb yig‘lab onasiga qo‘ng‘iroq qiladi. Otasiga telefon qilmaydi, chunki Otadan qanday javob olishni biladi.

13. Mehr narkotikka o‘xshaydi, farzand uni olgan sayin olgisi kelaveradi. Ulg‘ayib borayotgan farzand mehrni ham kattasini xohlab boraveradi. Ona mehrga ko‘mib katta qilgan o‘g‘lini loaqal bir marotaba koyib bersa, u o‘z mushtipari bilan gaplashmay qo‘yadi. “Siz Onasiz, menga mehr berishingiz kerak, axir go‘dakligimdan Siz meni shunga o‘rgatmaganmisiz” degan aqida o‘g‘ilning miyasiga qattiq o‘tirib qoladi.

14. Barcha o‘g‘il bolalar Ona pinjida katta bo‘laversa, butun bir jamiyat izdan chiqadi, har bir yo‘nalishga sardor kerak va undaylarni topib bo‘lmay qoladi, yurtimizda so‘zi va lafzida turadigan, qat’iyatli, sobitqadam, sheryurak, ham oilasini, ham Vatanini himoya qila oladigan erkaklar yo‘qolib boradi. Oxir-oqibat mamlakatni subutsiz erkaklar bosib ketadi va “Ayollar yurti” ga aylanamiz. Bunday yurtda iqtisod ham, siyosat ham tanazzulga yuz tutadi.

Qanday onalar o‘z farzandiga keragidan ortiq mehr berishadi?
Birinchi sabab. Qattiqqo‘l oilada otasi yoki onasidan mehr ko‘rmay o‘sgan qiz oila qurgach, ko‘ngliga tugib qo‘yadi: “Bolaligim og‘ir o‘tdi, mehr ko‘rmadim, Xudo xohlasa farzandlarimni mehrga ko‘mib katta qilaman!”. Haqiqatan ham yangi oila qurgan Ona bunga qat’iyan amal qilib boshlaydi va farzandlarini hatto eridan ham himoya qiladi. Agar er xotinga yon bossa, uning o‘g‘li yuqorida tilga olingan ayolsifat xislatlar bilan ulg‘ayib boshlaydi.

Ikkinchi sabab: Otaning befarqligi: “Xotinim o‘g‘limni ham, qizimni ham eplayaptiku, bolaga mehr bersa nima qipti, ona bo‘lganidan keyin mehr beradi-da”. O‘zaro hurmatga asoslanmagan ortiqcha mehr bora-bora bolani boshqarib bo‘lmaydigan holatga keltirib har qanday farzandni xudbin qilib qo‘yishini mushtipar ona ko‘z oldiga keltirmaydi.

Uchinchi sabab: Ota o‘g‘ilni koyisa, Ona darrov bolani o‘z himoyasiga olishi va farzandini himoya qilib eri bilan aytishib ketishi. Bu holat o‘g‘il bolada Onaga cheksiz mehr, Otaga esa qahrni shakllantirib keladi. Oqibatda Otaning gapi bir tiyinga qimmat bo‘lib boraveradi, farzandlar, ayniqsa o‘g‘il bola Otaning fikri bilan hisoblashmay qo‘yadi, uning aytganlarini qilmaydi.

To‘rtinchi sabab. Bu – bolaga faqat mehr berish kerak aqidasi. Mehr quyosh nuriga o‘xshaydi va murg‘ak qalbga yoqib tushadi. Bola kimdan mehr olaversa, tabiiyki unga intiladi. Eng kuchli mehr esa onada bo‘ladi. Bu holat bola esini taniganidan beri davom etaversa, Ota ikkinchi darajali insonga aylanib qoladi. Ayol erini chin dildan hurmat qilishi va uning o‘zi erini asrab-avaylashi mumkin, biroq o‘zi bilmagan holda erini bolalaridan bezdirib qo‘yishi ham hech gap emas.

Nima qilish kerak?
1. Ota o‘g‘ilni koyisa, Ona o‘g‘ilni emas, erining yonini olishi kerak. “Otangni nega xafa qilding, ikkinchi bunaqa qila ko‘rma”, deb o‘g‘lidan 1-2 kun arazlagandek bo‘lib yurishi kerak. Bu o‘g‘il bolaga qattiq ta’sir qiladi va u otadan ham, onadan ham hayiqib turadigan bo‘ladi. Bola ota-onadan qo‘rqishi emas, hayiqib turishi lozim. Hayiqish – bu qo‘rqish, degani emas. Hayiqish – psixologik immunitetni shakllantiruvchi omil. Albatta qo‘rqitish bilan hayiqish o‘rtasida katta farq bor. Bu nozik masalada juda ehtiyotkorlik talab etiladi. Bolani aslo qo‘rqitib katta qilish kerak emas!

2. Ona oldiga o‘g‘il nimanidir so‘rab kirsa, “Shoshma, Otang nima der ekan” deyishi kerak. Bu holat hadeb takrorlanaversa, Onam baribir Otamga yuboradi, deb u dastlab Otaga murojaat qiladigan bo‘ladi. Ota o‘g‘il bolaga erkakcha maslahat beradi. Masalan, o‘g‘il bola ko‘chadan tayoq yeb kelsa, Ona ko‘chaga chopib himoyaga otlansa, Ota uyda qolib “O‘zingni himoya qilishni o‘rgan, axir o‘g‘il bolasan” deydi.

3. O‘g‘ilga bo‘lgan Ona mehri chiroyli gul qog‘ozga o‘ralgan bo‘lishi va bu mehr farzandga ko‘z-ko‘z qilinavermasligi kerak. Mehr va hurmat yonma-yon turishi lozim. Farzandga ota-onani bir xil hurmat qilishni albatta o‘rgatib borish kerak. O‘g‘ilning Otaga bo‘lgan hurmatini Onaning o‘g‘ilga bo‘lgan mehri bilan aslo alishmaslik kerak. Bola tarbiyasida “Mehr, hurmat va mehnat” har doim hamroh bo‘lsa, o‘zingiz orzu qilgan mukammal farzandni tarbiyalagan bo‘lasiz.

Professor Zarifboy Ibodullayevning
“Asab va ruhiyat” kitobidan olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

«Real» ichidagi «sotqin» topildi

«Реал» президенти Флорентино Перес клуб ичидаги сирларни ташқарига чиқарган — Федерико Вальверде ва Орельен Тчуамени ўртасидаги низо ҳақидаги маълумотни матбуотга сиздирган шахс топилганини маълум қилди.

Germaniya aholisi Erondagi urush sababli shaxsiy avtomobillardan voz kechmoqda

Verivox портали буюртмасига асосан ўтказилган сўровномада иштирок этганларнинг 48 фоизи шундай фикр билдирган.

Yana bir davlat Eronga maxfiy ravishda hujum uyushtirgan

Бу ҳақда Reuters агентлиги Ғарб давлатлари ва Эрондаги манбаларига таяниб хабар берди.

Denovda kurash musobaqasida polvon pichoqlab o‘ldirildi

Шифокорлар кўрсатган ёрдамга қарамай, у шифохонада вафот этган.

Ronaldu shokda! “An-Nasr” darvozaboni o‘ziga gol urib, chempionlikni ortga surdi

Саудия Арабистони Профессионал лигасининг 32-туридан ўрин олган учрашувда биринчи ўринда бораётган “Ан-Наср” энг яқин таъқибчиси “Ал-Ҳилол”ни қабул қилди.

«Real» Vinisius, Mbappe va Bellingem borasida bir qarorga keldi

Матбуотда Мадриднинг "Реал" клуби таркибни шакллантириш бўйича турли маълумотлар пайдо бўлмоқда.

Harbiy qo‘mondonlik Putinni Rossiya armiyasi kuzgacha butun Donbassni egallashiga ishontirdi

Бу ҳақда Financial Times Россия президентининг атрофидаги манбалар, вазиятдан хабардор суҳбатдошлар ва Украина разведкасининг баҳосига таяниб ёзмоқда.

Chimkentda kollejlar asoschisi qamoqda o‘tirib 2,8 million dollar o‘g‘irladi

Бу ҳақда Қозоғистон оммавий ахборот воситалари хабар бермоқда.

«Manchester Siti»ning yetakchi markaziy himoyachisining kelajagi ma’lum

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Рубен Диаш «Интер»га ўтмайди. Бу ҳақда журналист Фабрицио Романо хабар берди.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Putin «Moldovani darg‘azab qiluvchi» hujjatni imzoladi

Россия президенти Владимир Путин Днестрбўйи аҳолисининг Россия фуқаролигини олишини осонлаштирувчи фармонга имзо чекди.

Rossiya Ukraina rahbariyatini yo‘q qilishni rejalashtirmoqda

Унинг сўзларига кўра, Украина махсус хизматлари пойтахт ва мамлакатнинг бошқа шаҳарларидаги бўлажак ҳужумлар нишонлари батафсил кўрсатилган Россия ҳужжатларига эга.

“Uyma-uy ovqat qidiryapmiz”: bosib olingan Oleshkida gumanitar inqiroz kuchaymoqda

Херсон вилоятининг Россия назоратидаги Олешки шаҳри аҳолиси озиқ-овқат, дори-дармон ва коммунал хизматлар танқислиги сабаб оғир шароитда яшамоқда.

Durov Dubaydagi Eron hujumlarini “mushakbozlik” deb atadi

Павел Дуров Дубайга қилинган Эрон ҳужумлари вақтида БАА ҳаво мудофаа тизими “аъло даражада ишлаганини” айтди.

Insoniyat yirik iqlim falokati xavfi ostida

The Washington Post'нинг эслатишича, бундан қарийб 150 йил муқаддам иқлим ўзгаришлари ҳосилни йўқ қилган.

Italiyaning Modena shahrida avtomobil piyodalarni urib ketdi

ANSA маълумотларига кўра, ҳодисага сабабчи бўлган шахс келиб чиқиши шимолий африкалик бўлган 30 ёшли Италия фуқаросидир.

Bangkokda poyezd avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Ҳалокатга учраган поезд оғир контейнерларни ташиётган бўлган ва тўқнашувгача ўз вақтида тормоз беришга улгурмаган.

O‘zbekiston delegasiyasi “Women in Tech Global Summit 2026”da ishtirok etdi

Ҳар йили ўтказиладиган “Women in Tech 2026” саммити Африканинг энг йирик технологик хабларидан бири ҳисобланган Кейптаун шаҳрида (Жанубий Африка Республикаси) бўлиб ўтди. Бу галги тадбир дунёнинг 60 мамлакатидан 700 дан ортиқ иштирокчини, хусусан, халқаро ташкилотлар, технологик компаниялар, давлат сектори, стартап-экотизимлар ва “Women in Tech” глобал ҳамжамияти вакилларини бирлаштирди.

O‘zbekiston ilk bor jahon moliya bozorida: milliy IPO orqali 600 million dollardan ortiq mablag‘ jalb qilindi

Ўзбекистон тарихида илк бор йирик халқаро акциядорлик битими амалга оширилди — “Ўзбекистон Республикаси Миллий инвестиция жамғармаси” АЖ (UzNIF) ўз акцияларини Лондон ва Тошкент фонд биржаларида оммавий савдога чиқарди.

1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi

Ҳукуматнинг тегишли қарори (243-сон, 15.05.2026 й.) билан 2026 йил 1 июндан электр энергияси ва табиий газнинг янги тарифлари тасдиқланди.

Zelenskiyning «o‘ng qo‘li» — Andrey Yermak qamoqqa olindi

Украина Олий аксилкоррупция суди Президент офисининг собиқ раҳбари Андрей Ермакни қамоққа олиш ҳақида қарор чиқарди. Суд жараёнида унинг фолбин билан маслаҳатлашгани ҳақида ҳам сўз борди.

Gaitida qurolli to‘dalar to‘qnashuvi: 5 mingdan ortiq odam uy-joysiz qoldi

Гаитида қуролли тўдалар ўртасидаги шиддатли тўқнашувлар оқибатида сўнгги уч кун ичида қарийб 5300 киши ўз уйини тарк этишга мажбур бўлди.

«Nakba»ning 78 yilligi: halok bo‘lganlar soni 50 foizga oshdi, vayronagarchilik esa bir necha barobar kuchaydi

78 йил аввал содир бўлган «Буюк фожеа» — «Накба»дан кейин фаластинликлар яна ўша азобларни бошдан кечирмоқда, аммо бу сафар анча кенг кўламда.

Xorazmda MIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Эвазига 1500 АҚШ доллари олган вақтида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан ашёвий далиллар билан ушланди.

Migrasiya agentligining sobiq mulozimi xalqaro qidiruvga berildi

35 ёшли Азизбек Тоштемировнинг исми «қизил билдиришномалар» рўйхатида ва у фирибгарликда гумонланмоқда.

“Volvo” g‘ildiraklari orasidan qariyb 20 kg narkotik olindi

Шунингдек, ушбу ноқонуний ишга буюртмачи шахснинг 1980 й.т. отаси ҳам алоқадор эканлиги аниқланиб, у ҳам процессуал тартибда ушланди.

Zelenskiyni ag‘darish rejasi fosh bo‘ldi

Британиялик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркуриснинг YouTube каналидаги баёнотига кўра, Украина президенти Владимир Зеленскийга қарши сиёсий босим ортиб бораётгани уни лавозимдан четлатиш режасининг бир қисми бўлиши мумкин.

Nega qo‘shni davlatdagi ziyolilar O‘zbekistonga havas qilmoqda? Xalq shoirining «Riyosiz so‘zlar»i

Ҳақиқий ёзувчи-шоирлар ҳақиқатни ёзишни хуш кўрадилар. Улар ­­­– Ватанпарвар. Ҳар ҳолда Ўзбекистонда худди шундай. Ватаннинг гуллаб-яшнаши, ижобий ўзгаришлар ҳар бир фуқаронинг ҳаётини юксалтиришг сари қўйилган қадам эканлигини теран ҳис қиладилар, кайфиятилари кўтарилади. Худога минг шукурким, бу ўзгаришлар ҳар соатда, ҳар кун рўй бериб турибди.

Navoiyda 40 mln so‘m evaziga kuyovini o‘ldirishga qotillar yollagan ayol ushlandi

Аёл видеони қабул қилиб олгач, келишилган маблағдан 2,3 миллион сўмни ёлланган шахсларнинг карталарига ўтказган.

Chirchiq daryosida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

Кучли ёғингарчилик сабаб сув сатҳи кескин кўтарилиб, унинг қирғоққа хавфсиз қайтиши имконсиз бўлиб қолган.

Fransiyada ukrainalik asirlarni qiynoqqa solishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

Гумонланувчи 2021 йилда Украинадаги терговдан қочиб, Францияда қочқин мақомини олишга уринган.

Qatar yaqinida yuk kemasi noma’lum snaryad bilan urildi

Ҳозирда ҳукумат снаряд манбасини ўрганмоқда. Ҳудуддаги кемаларга эҳтиёткорлик билан ҳаракатланиш тавсия этилди.

Pokistonda avtomobil portladi: Qurbonlar polisiyachilar

Шунингдек, омон қолган уч нафар ҳарбий хизматчи топилиб, шифохонага етказилган.

Hantavirus aniqlangan kruiz kemasi yo‘lovchilari Ispaniyaning Tenerife oroliga kelgach, izolyasiya qilingan holda evakuasiya qilinadi— The Guardian

Хабарларга кўра, круиз лайнери якшанба, 10 май куни Канар оролларига етиб келади.

YUNESKO bilan Markaziy Osiyo muzliklarini himoya qilish borasida hamkorlik o‘rnatildi

Остонада бўлиб ўтган Минтақавий экологик саммитда ЮНЕСКО ва Гидрометеорология илмий-тадқиқот институти ҳамкорлигида Марказий Осиё мамлакатларининг иқлим ўзгаришларига барқарорлигини мустаҳкамлашга қаратилган йирик минтақавий лойиҳа расман ишга туширилди.