O‘FA rahbariyati JChdan qaytib kelgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan uchrashdi

O‘FA rahbariyati JChdan qaytib kelgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan uchrashdi

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati kecha Argentinada bo‘lib o‘tgan U-20 Jahon chempionatida ishtirok etib qaytgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan uchrashdi.

O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov yoshlarimizga futbol jamoatchiligi nomidan mundialdagi ishtirok uchun minnatdorchilik bildirdi. Mazkur musobaqadagi ishtirokni tahlil qilgan holda, qaysi yo‘nalishlarda yanada ko‘proq ishlash kerakligini ko‘rsatib berganini aytdi. Ushbu futbolchilarimizga ishonch bildirilib, o‘z ishiga professional yondashishsa, futboldan chalg‘imasa, imkoniyatlardan unumli foydalansa kelajakda olimpiya va milliy jamoalardan mustahkam joy egallashi mumkinligi ta’kidlandi.

Bu borada o‘z ustida yanada qattiq ishlab, bor kuch-g‘ayratini sarflashlari zarur.

O‘FA rahbari terma jamoalar tarkibini yanada kuchaytirish, futbolchilarning jismoniy, ruhiy hamda tibbiy holati ustida ishlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi. Mazkur terma jamoada iqtidorli futbolchilar ko‘p ekanligi, ular kattalar o‘rtasidagi musobaqalarda yanada yuqori natijalar qayd etishlariga ishonch bildirildi.

O‘z navbatida, jamoa bosh murabbiyi Ravshan Haydarov, yetakchi futbolchilar Umarali Rahmonaliyev va Abbosbek Fayzullayev O‘FAga e’tibor va tayyorgarlik yo‘lida yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!