UYEFA Yevro-2024da ishlaydigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi

UYEFA Yevro-2024da ishlaydigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi

UYEFA rasmiy sayti yozda Yevro-2024 bahslarini boshqaradigan hakamlar ro‘yxatini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, UYEFA Hakamlar qo‘mitasi turnir uchun 18 nafar bosh hakamni tanlagan. Bular - Artur Suaresh Diash (Portugaliya), Xesus Xil Mansano (Ispaniya), Marko Guida (Italiya), Ishtvan Kovach (Ruminiya), Ivan Krujlyak (Slovakiya), Fransua Leteksye (Fransiya), Danni Makkeli (Niderlandiya), Shimon Marsinyak (Polsha), Xalil Meler (Turkiya), Glenn Nyuberg (Shvesiya), Maykl Oliver (Angliya), Daniele Orsato (Italiya), Sandro Sherer (Shveysariya), Daniel Zibert (Germaniya), Entoni Teylor (Angliya), Kleman Tyurpen (Fransiya), Slavko Vinchich (Sloveniya), Feliks Svayer (Germaniya).

Shuningdek, UYEFA va KONMEBOL o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, Yevro-2024da argentinalik Fakundo Telyo va uning ikki yordamchisi ham ishlaydi.

Ma’lumot uchun, Yevro-2024 bahslari 14 iyundan 14 iyulga qadar Germaniyadagi 10ta shaharda bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!