«Uchta qizi yoki uchta singlisiga yaxshilik qilgan odam jannatga kiradi»

«Uchta qizi yoki uchta singlisiga yaxshilik qilgan odam jannatga kiradi»

Avvalgi hadislarda qiz farzandlar zikr qilingan bo‘lsa, bu hadis singillarni tarbiyalash haqida kelgan. Ya’ni ota-ona yo‘q bo‘lgan chog‘da ularning o‘rnini bosishning fazli haqida so‘z yuritilgan.

79. Abu Sa’id Xudriydan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uchta qizi yoki uchta singlisi bo‘lib, ularga yaxshilik qilgan odam albatta jannatga kiradi», dedilar».

Sharh: Hayotda nimalar bo‘lmaydi, deysiz. Gohida opa-singillar aka-ukalarning qaramog‘ida qolishi ham bor. Ota bor bo‘lsa, u mas’ul bo‘lar edi. Ammo otasi yo‘q ayol zoti qarovsiz qoladi, degan gap Islomda yo‘q. Ota bo‘lmagan chog‘da aka yoki uka opa-singilni qaramog‘iga olishi shariat hukmi bo‘yicha sobit bo‘ladi. Lekin bu gap opa-singillar aka-ukalarning muruvvatiga muhtoj bo‘lib qoladi, degani emas. Chunki bu imkoniyat aka yoki ukasidan boshqa boquvchisi, qarovchisi bo‘lmagan opa-singilga Alloh taolo tomonidan berilgan haqdir. Aka-uka bu mas’uliyatdan qochishi mumkin emas. Agar ular nomardlik qilib, bu mas’uliyatdan qochadigan bo‘lsalar, jamiyat qonun kuchini ishga solib, opa-singillarning haqlarini olib beradi.

Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:

1. Uch qiziga yaxshilik qilgan odam jannatga kirishi.

2. Uch singlisiga yaxshilik qilgan odam jannatga kirishi.

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!