U23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi 100 foizlik natija bilan guruhdan chiqdi

U23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi 100 foizlik natija bilan guruhdan chiqdi

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi guruh bosqichining 3-turida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Vyetnamga qarshi bahs olib bordi. Unda hamyurtlarimiz yirik 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Alisher Odilov dubl muallifiga aylangan bo‘lsa, yana bir gol Ruslanbek Jiyanov nomiga qayd etildi.

Shu tariqa, Timur Kapadze shogirdlari 9 ochko bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi. Chorak finaldagi raqibimiz Saudiya Arabistoni bo‘ladi. Mazkur o‘yin 26 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!