U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichiga qur’a tashlandi: O‘zbekistonga Eron tushdi

U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichiga qur’a tashlandi: O‘zbekistonga Eron tushdi

Bugun 2024 yilning aprel-may oylarida Qatarda o‘tkaziladigan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogining saralash bosqichiga qur’a tashlandi.

Qur’ada jamoalar 11 guruhga bo‘lindi (10 ta guruhda 4 tadan, 1 guruhda 3 ta jamoa). O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi "E" guruhida Eron, Gonkong va Afg‘oniston musobaqaning final bosqichi uchun kurash olib boradigan bo‘ldi. Ushbu guruh bahslari yurtimizda o‘tkaziladi.

"A" GURUHI
1. Iordaniya (mezbon)
2. Suriya
3. Ummon
4. Bruney Darussalom

"B" GURUHI
1. Janubiy Koreya (mezbon)
2. Myanma
3. Qirg‘iziston
4. Qatar

"C" GURUHI
1. Vyetnam (mezbon)
2. Singapur
3. Yaman
4. Guam

"D" GURUHI
1. Yaponiya
2. Bahrayn (mezbon)
3. Falastin
4. Pokiston

"E" GURUHI
1. O‘zbekiston (mezbon)
2. Eron
3. Gonkong
4. Afg‘oniston

"F" GURUHI
1. Iroq
2. Kuvayt (mezbon)
3. Sharqiy Timor
4. Makao

"G" GURUHI
1. Birlashgan Arab Amirliklari
2. Hindiston
3. Maldiv orollari
4. Xitoy (mezbon)

"H" GURUHI
1. Tailand (mezbon)
2. Malayziya
3. Bangladesh
4. Filippin

"I" GURUHI
1. Avstraliya
2. Tojikiston (mezbon)
3. Laos
4. KXDR

"J" GURUHI
1. Saudiya Arabistoni (mezbon)
2. Kamboja
3. Livan
4. Mo‘g‘uliston

"K" GURUHI
1. Turkmaniston
2. Indoneziya (mezbon)
3. Xitoy Taypeyi

Guruh g‘oliblari va guruhda 2-o‘rinni egallaganlar orasida eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan 4 jamoa Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. (Qatarning saralash bosqichida o‘yinlari o‘rtoqlik maqomida bo‘ladi — uning natijalari jadvalda aks ettirilmaydi).

Saralash bosqichi o‘yinlar joriy yilning 4-12 sentyabr kunlari markazlashgan holda mezbon mamlakatda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, U-23 Osiyo kubogi musobaqasi Parij-2024 olimpidadasi uchun yo‘llanmasi beruvchi turnir hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!