“Turkmangaz” va “Turkmankimyo” kompaniyalari rahbarlari jiddiy ogohlantirildi

“Turkmangaz” va “Turkmankimyo” kompaniyalari rahbarlari jiddiy ogohlantirildi

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ikki bosh vazir o‘rinbosari, shuningdek, “Turkmangaz” va “Turkmankimyo” kompaniyalari rahbarlariga tanbeh berdi.

Bunday qaror Vazirlar Mahkamasi majlisida qabul qilindi, deb yozadi hronikatm.com.

Neft va gaz sanoatiga mas’ul bo‘lgan Bosh vazir o‘rinbosari Shohim Abdrahmonov tovar gaz zaxiralarini ta’minlash maqsadida yer osti omborlarini qurish haqida ma’lumot berdi. Bu Turkmaniston uchun birinchi shunday loyiha bo‘ladi.

Keyin rasmiy Turkmanboshi neftni qayta ishlash zavodlari majmuasida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar – B-92 rusumli aviabenzin ishlab chiqarilishini aytdi.

Davlat rahbari Abdrahmonov va “Turkmangaz” davlat konserni raisi Botir Amanovga “so‘nggi ogohlantirish bilan qattiq tanbeh” e’lon qildi. Tez orada o‘z kamchiliklarini tuzatmasa, ishdan bo‘shatiladi, dedi prezident. Qaysi kamchiliklar haqida gap ketayotgani aniqlanmagan.

Oxirgi marta Shohim Abdrahmonov va Botir Amanov bir oy avval Vazirlar Mahkamasining 11 oylik faoliyati yakunlari bo‘yicha 16 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida “xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmaganligi, ishdagi kamchiliklari uchun” tanbeh olgandi.

Shuningdek, Serdar Berdimuhamedov Purchekov va “Turkmankimyo” davlat konserni raisi Niyazli Niyazliyevga “xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmaganliklari, ishdagi jiddiy kamchiliklari uchun yakuniy ogohlantirish bilan” qattiq tanbeh berdi hamda tuzatilmasa, ishdan bo‘shatishga va’da berdi.

Charimirat Purchekov oxirgi marta o‘tgan yilning iyul oyida “ishdagi kamchiliklari uchun” tanbeh olgandi. Niyazli Niyazliyev fevral oyida qattiq tanbeh va 2021 yilning noyabrida Gurbanguli Berdimuhamedov prezidentligi davrida tanbeh olgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!