Turkiyaning turizm daromadi 50 foizga oshdi. Eng ko‘p tashrif buyurganlar — nemislar, ruslar va inglizlar

Turkiyaning turizm daromadi 50 foizga oshdi. Eng ko‘p tashrif buyurganlar — nemislar, ruslar va inglizlar

Turkiyaning 2022 yilda turizmdan tushgan daromadi 2021 yilga nisbatan 53,4 foizga ko‘payib, 46 milliard dollardan oshdi. Buni Turkiya Statistika institutining 2022 yilning to‘rtinchi choragi va butun yil yakunlari bo‘yicha ma’lumotlari tasdiqlaydi, deb yozadi «Anadolu».

2022 yilda shaxsiy ehtiyojlar uchun sayyohlik xarajatlari deyarli 34,5 milliard dollarni, turpaketlar uchun esa 12 milliard dollarni tashkil etdi.

Mamlakatga eng ko‘p Germaniya, Rossiya va Buyuk Britaniya fuqarolari sayohat qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!