Turkiyadagi yong‘inlarning aybdori hibsga olindi — Erdog‘an

Turkiyadagi yong‘inlarning aybdori hibsga olindi — Erdog‘an

Turkiyaning Mug‘la viloyatida o‘rmonlarni yoqishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an. Uning aniqlik kiritishicha, erkak Milas shahrida sodir bo‘lgan yong‘in bilan bog‘liq holda hibsga olingan.

Turkiya rahbari 31 iyul, shanba kuni o‘rmon yong‘inlari bilan bog‘liq vaziyatni shaxsan baholash uchun Mug‘la viloyatiga keldi.

"Bizning o‘rmonlarimizni yoqib yuborganlarni topish bizning burchimizdir", dedi Erdog‘an Marmarisdagi matbuot anjumanida.

Yong‘inlardan zarar ko‘rgan Turkiyaning bir qancha viloyatlari prezident tomonidan tabiiy ofatlar zonasi deb e’lon qilindi. Turkiya hukumati favqulodda vaziyat sabablarini o‘rganmoqda.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inlar natijasida 400 dan ortiq odam jarohatlangan, olti kishi halok bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!