Turkiyadagi shifoxonada otishma sodir bo‘ldi

Turkiyadagi shifoxonada otishma sodir bo‘ldi

"Denizlida shahridagi Pamukqal’a universiteti shifoxonasining tez yordam bo‘limiga kiraverishdagi kafeteriyda ikki kishi o‘t ochdi", deyiladi Turkiyaning NTV telekanali xabarida.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yetti kishi jabrlangan, ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir. Voqea joyiga ko‘p sonli polisiya guruhlari yuborildi. O‘t ochganlar yashirinishga ulgurgan.

Denizli shahri ma’muriyatining bildirishicha, voqea yuzasidan keng ko‘lamli tergov boshlangan. Gumondorlarni qo‘lga olish harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!