Turkiyada Xitoy avtomobillari uchun bojlar iyul oyidan boshlab 40 foizga oshadi

Turkiyada Xitoy avtomobillari uchun bojlar iyul oyidan boshlab 40 foizga oshadi

Xitoydan Turkiyaga olib kiriladigan barcha avtomobillar uchun bojxona to‘lovlari 7 iyuldan boshlab 40 foizga oshiriladi.

Bu haqda Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on hukumatning Resmi Gazete nashrida chop etilgan farmoyishida aytiladi.

Boj benzin, dizel, gibrid va elektr transport vositalariga tegishli. Uning minimal miqdori 7 ming dollarni tashkil qiladi.

Mutaxassislarning fikricha, bojxona to‘lovlarining oshishi Turkiya rasmiylarining importni cheklash va joriy hisob taqchilligini kamaytirish istagi bilan bog‘liq. O‘tgan yili Turkiya Xitoy elektromobillariga boj to‘lovlarini oshirdi.

Mamlakat hukumati may oyi oxirida 75,5 foizga yetgan inflyasiyaga qarshi qattiq pul-kredit siyosatini olib borish va joriy hisob taqchilligini pasaytirish yo‘li bilan kurashish choralarini ko‘rmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!