Turkiyada Rossiya droni topildi

Turkiyada Rossiya droni topildi

Turkiya ommaviy axborot vositalarining yozishicha, mamlakatning shimoli-sharqida topilgan Rossiyaning "Orlan-10" uchuvchisiz boshqariladigan qurilmasi ekspertiza uchun Anqaraga jo‘natilgan.

"Kyurtyun tumanidagi Tilkichek qishlog‘i bilan Kazikbeli tekisliklarida qo‘ziqorin qidirishga chiqqan mahalliy fuqarolar uchuvchisiz boshqariladigan qurilma qulab tushib, yerda yotganini ko‘rgan. Harbiylar yetib kelgandan keyin ular qurilma 3 metrlik qanotga ega, josuslik maqsadida ishlatiladigan Rossiyaning
"Orlan-10" droni namunasi ekanini aniqlashdi", - deb yozmoqda Cumhuriyet nashri.

Nashrning yozishicha dron "Ukraina yoki Suriyadan signalni yo‘qotgandan keyin o‘zi mustaqil ravishda bu yerlarga uchib kelgan va yerga qulagan".

"Ayni damda xavfsizlik kuchlari qurilmani ekspertizadan o‘tkazish uchun Anqaraga jo‘natgan", - deyiladi gazeta bergan materialda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!