Turkiya Ukraina bilan «don kelishuvi»ni uzaytirish uchun kurashishga va’da berdi

Turkiya Ukraina bilan «don kelishuvi»ni uzaytirish uchun kurashishga va’da berdi

Turkiya Ukrainaga Rossiya floti tomonidan Qora dengiz portlarida to‘sib qo‘yilgan oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish imkonini beruvchi «don kelishuvi»ni uzaytirishga intilishlarini aytdi.

Anqara va BMT vositachiligida erishilgan avvalgi kelishuv shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi yarim tunda tugaydi va hali uzaytirish bo‘yicha yangi kelishuvlar yo‘q.

Moskva kelishuvni yana ikki oyga uzaytirishga tayyor, Kiyev va BMT 4 oyga cho‘zilishida turib oldi. Muddati tugaydigan «don shartnomasi» ham to‘rt oyga tuzilgan.

«Rossiya faqat ikki oyga rozi. Shu ikki oydan keyin shartnomani yana uzaytirish uchun harakat qilamiz», dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chuvasho‘g‘li shanba kuni Misrga safari chog‘ida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!