Turkiya Tashqi ishlar vazirligi: Anqara to‘rtta hududning Rossiya tarkibiga qo‘shilishini tan olmaydi

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi: Anqara to‘rtta hududning Rossiya tarkibiga qo‘shilishini tan olmaydi

Turkiya tashqi ishlar vazirligi Anqara Donesk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Xerson va Zaporojye viloyatlarining Rossiya tarkibiga qo‘shilishini tan olmasligini ma’lum qildi.

“Ushbu qaror (qo‘shilish to‘g‘risida) xalqaro huquqning belgilangan tamoyillarini qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi va biz tomonidan qabul qilinishi mumkin emas” , deyiladi Turkiya TIV saytida.

Vazirlik Turkiya tomonlarni mojaroni muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga chaqirishini eslatdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!