Turkiya tashqi ishlar vaziri Barselonaga boradi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Barselonaga boradi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan O‘rtayer dengizi ittifoqining VIII mintaqaviy forumida (26-27 noyabr) ishtirok etish uchun Barselonaga (Ispaniya) boradi.

TRT Haber xabariga ko‘ra, tadbir kun tartibidan G‘azo sektoridagi gumanitar inqiroz va mintaqadagi vaziyat o‘rin olgan.

Tashrif davomida Fidan arab davlatlaridan kelgan hamkasblari, shuningdek, Ispaniya tashqi ishlar vaziri Manuyel Albares Buyeno bilan uchrashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!