Turkiya Rossiyaga sanksiyalangan tovarlar tranzitini qisman tikladi

Turkiya Rossiyaga sanksiyalangan tovarlar tranzitini qisman tikladi

Turkiya AQSh va Kanada mahsulotlaridan tashqari Rossiyaga sanksiya qo‘yilgan tovarlar tranzitini qisman tikladi.

Bu haqda "Kommersant" yozadi.

“Juma kunidan beri Turkiyadagi agentlar tranzitni rasmiylashtirish tizimi ish boshlagani haqida xabar berishmoqda”, dedi KBT bojxona va logistika brokeri prezidenti Yuliya Shlenskaya.

Optimalog bosh direktori Georgiy Vlastopuloning so‘zlariga ko‘ra, dushanba kuni kompaniyalar ayeroportda ham, yuk mashinalari terminallarida ham tranzit buyurtmalarini berishgan, lekin faqat Yevropa Ittifoqida ishlab chiqarilgan tovarlar uchun.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!