Turkiya prezidenti Jazoirga boradi, tashrif sababi ma’lum

Turkiya prezidenti Jazoirga boradi, tashrif sababi ma’lum

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Prezident Abdelmadjid Tebbunning taklifiga binoan ertaga Jazoirga boradi.

Bu haqda turk OAV xabar tarqatdi.

Tashrif davomida Turkiya-Jazoir munosabatlarini barcha sohalarda, xususan, iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash masalasi muhokama qilinadi. G‘azodagi vaziyat ham muhokama qilinadi.

Turkiyaning Jazoirdagi elchisi Muhammet Mujohid Kuchulilmas, Jazoirning davlat neft va gaz kompaniyasi Sonatrach bilan Turkiyaning BOTAŞ kompaniyasi o‘rtasidagi kelishuvning uzaytirilishini inkor etib bo‘lmaydi, dedi.

Uning fikricha, iqtisodiy sohada aloqalarni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Turkiyaning Jazoir iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasi allaqachon 6 milliard dollardan oshgan.

"2022 yilda Turkiya va Jazoir o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 5,3 milliard dollarni tashkil etdi. Umid qilamizki, 2023 yil oxiriga kelib bu ko‘rsatkich 6 milliard dollardan oshadi", - dedi u.

Shu maqsadda o‘zaro investisiyalar va imtiyozli savdoni rag‘batlantirish bo‘yicha hujjatlar tayyorlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!