Turkiya parlamenti zilzila sababli ishni bir haftaga to‘xtatdi

Turkiya parlamenti zilzila sababli ishni bir haftaga to‘xtatdi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (parlamenti) mamlakat janubi-sharqida ro‘y bergan vayronkor zilzila tufayli bir haftaga o‘z faoliyatini to‘xtatdi.

Bu haqda dushanba kuni Adolat va taraqqiyot partiyasi (ATP) parlamentdagi fraksiyasi rahbari Mustafo Elitash ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qaror parlamentda vakillik qilgan barcha siyosiy partiyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

Elitash, qonunchilar zilziladan jabr ko‘rgan fuqarolarga yordam berish uchun falokat hududida bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an avvalroq episentri Qahramanmarash viloyatida sodir bo‘lgan dahshatli zilzila qurbonlari, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 1082 kishi bo‘lganini, 5385 kishi jarohatlanganini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!