Turkiya Isroil bilan diplomatik munosabatlarni tiklashga qaror qildi

Turkiya Isroil bilan diplomatik munosabatlarni tiklashga qaror qildi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li Turkiyaning Isroil bilan diplomatik aloqalarni tiklashga va elchi tayinlashga qaror qilganini aytdi.

Bu haqda u matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

“Isroilga elchi tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi va Isroil tomoni ham bu borada ijobiy javob oldi. Tez orada bizning nomzodimiz janob prezidentga taqdim etiladi", — deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti .

Iyul oyida Isroil bosh vaziri Yair Lapid Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan ilk telefon muloqotini o‘tkazgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!