Turkiya ichki ishlar vaziri: "Kir qo‘llaringizni Turkiyadan uzoqlashtiring"

Turkiya ichki ishlar vaziri: "Kir qo‘llaringizni Turkiyadan uzoqlashtiring"

Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu AQSh elchixonasining Istanbul markazidagi teraktlar xavfi haqidagi ogohlantirishiga izoh berdi. Bu haqda Habertürk telekanali xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “RIA Novosti”ning yozishicha, AQSh elchisi boshqa elchilarni yig‘ib, ularga maslahat berishga harakat qiladi.

Soylu, "Amerika elchixonasi Yevropani boshqaradi" deb ta’kidladi.

“Nima qilganingizni, qanday qadamlar qo‘yganingizni, Turkiyani qanday qo‘zg‘atmoqchi ekanligingizni aniq bilaman. Kir qo‘llaringizni Turkiyadan uzoqlashtiring”, dedi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!