Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning rasmiy vakili Ibrohim Kalin joriy yilning 3—4 dekabr kunlari Suriyadagi vaziyat muhokamasiga bag‘ishlangan Turkiya—Germaniya—Fransiya sammiti 3–4 dekabr kunlari o‘tkazilishini ma’lum qildi, deb yozmoqda «TASS».
Erdo‘g‘on vakilining so‘zlariga ko‘ra uchrashuv Londonda o‘tkaziladi. Buyuk Britaniya poytaxti dekabrda NATO sammitiga ham mezbonlik qiladi.
«Tinchlik bulog‘i» operasiyasi haqida
9 oktyabrda Anqara Suriya shimoli-sharqida Turkiyadagi qochoqlar uchun xavfsiz zona tashkil etish maqsadida «Suriya demokratik kuchlari» kurd jangarilari va ISHID terrorchilariga qarshi «Tinchlik bulog‘i» harbiy operasiyasini boshlagan. Dunyo davlatlari turklarning ushbu harakatlarini qoralagan. Germaniya federativ respublikasi kansleri Angela Merkel 14 oktyabrda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali qilgan muloqot chog‘ida undan Suriya shimoli-sharqidagi harbiy harakatlarni to‘xtatishni so‘ragan, Turkiya davlat rahbari esa bunga javoban kanslerga turklar yoki kurdlardan birini tanlashni tavsiya qilgan. Keyinchalik Germaniya, Fransiya va Kanada Turkiyaga qurol sotishni to‘xtatdi.
17 oktyabrda Anqara va Vashington Suriya shimoli-sharqidagi operasiyani 120 soatga, kurdlar xavfsiz zona hududidan chiqib ketishi uchun to‘xtatishni kelishib oldi. Germaniya Turkiyaning Suriyadagi harbiy harakatlarni to‘xtatgani uchun qo‘llab-quvvatladi.
19 oktyabrda Fransiya Milliy majlisining (parlament quyi palatasi) 8 fraksiyasidagi 60 nafar deputati Turkiyani NATO a’zoligidan chiqarishni va Anqaraga nisbatan sanksiyalar qo‘llashni taklif qildi. 21 oktyabrda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiyaga jo‘nab ketishi oldidan jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida Eron hamda Fransiyaga Suriya shimoli-sharqidagi harbiy operasiyalar sabab Anqarani tanqid qilganlari uchun javob qaytardi. 22 oktyabrda Sochida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turiya davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Suriya hududidagi notinch vaziyatni muhokama qildi va «Tinchlik bulog‘i» operasiyasini 23 oktyabrdan yana 150 soatga to‘xtatish va o‘t ochmaslik haqidagi shartlashuv muddati yakuniga yetgach hamkorlikda Turkiya—Suriya chegarasida 30 kilometrlik hududni barpo etish uchun qo‘shma patrul tadbirlari o‘tkazish haqida memorandum imzoladi. Memorandumda Bashar Asad hukumatining qo‘shinlari Turkiya bilan chegara hududida 15 ta post o‘rnatishi belgilab qo‘yilgan.
1 noyabrda kurdlarning Turkiya chegarasidan 30 kilometr uzoqlikka chekingani va ular tark etgan hududni Sochida imzolangan memorandumga muvofiq Suriya qo‘shinlari va Rossiya harbiy polisiyasi egallashi ma’lum bo‘ldi. 5 noyabrda Turkiya hamda Rossiya harbiylari Suriya shimolidagi Ayn-al-Arab aholi punktidagi (Kobani) ikkinchi qo‘shma patrul tadbirlarini boshladi.
ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.
ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди.
Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.