Turkiya butun mamlakat bo‘ylab keng ko‘lamli aksilterror operasiyasini o‘tkazmoqda

Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya ijtimoiy tarmoqlarda Turkiya huquq-tartibot idoralari mamlakat bo‘ylab keng ko‘lamli aksilterror operasiyasini o‘tkazayotganini ma’lum qildi.
Bu haqda Habertürk xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, operasiyaga 13 mingdan ortiq xavfsizlik kuchlari jalb etilgan.
Aniqlik kiritilishicha, shu kungacha Turkiyaning 16 viloyatida 55 nafar gumondor qo‘lga olingan.
Erlikaya Anqara markazidagi vazirlik binosi yaqinida terakt sodir etilganini e’lon qildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)