Turkiy davlatlar kasaba uyushmalari Tashkilotining I S’ezdida Tashkilot prezidenti va vise-prezidentlari saylandi

Turkiy davlatlar kasaba uyushmalari Tashkilotining I S’ezdida Tashkilot prezidenti va vise-prezidentlari saylandi

Avval xabar berganimizdek, Turkiyaning Anqara shahrida Turkiy davlatlar kasaba uyushmalari Tashkilotining I S’ezdi bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiy davlatlar kasaba uyushmalari Tashkilotining prezidenti ham saylandi.

Qabul kilingan Ustav qoidalariga binoan Tashkilotning avvalgi saylangan rahbar organlari a’zolari va Prezidentining vakolati to‘la tugatilgan deb hisoblanishi bois Turkiy davlatlar kasaba uyushmalari Tashkilotining prezidenti lavozimiga Ergyun Atalay nomzodi taklif etildi. Mazkur nomzod bo‘yicha ishtirokchilar o‘z fikr va mulohazalarini bildirgach, Turkiya kasaba uyushmalari Konfederasiyasi TURK ISh prezidenti Ergyun Atalay Turkiy davlatlar kasaba uyushmalari Tashkiloti prezidenti etib saylandi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi raisi – Turkiy davlatlar kasaba uyushmalari Tashkilotining birinchi prezidenti Qudratilla Rafikov Tashkilotning faxriy prezidenti etib saylandi.

Shundan so‘ng Turkiy davlatlar kasaba uyushmalari Tashkilotining vise-prezidentlarini saylash masalasi ko‘rib chiqildi.

Birinchi vise-prezidentlikka Ozarbayjon kasaba uyushmalari Konfederasiyasi raisi Mehbaliyev Sattor Suliddin o‘g‘li nomzodi taklif etildi va bir ovozdan saylandi.

Turkiy davlatlar kasaba uyushmalari Tashkilotining I S’ezdida Tashkilot prezidenti va vise-prezidentlari saylandiTashkilot ustaviga binoan ikki nafar vise-prezident saylanishi lozim bo‘lgani holda Turkiy davlatlar kasaba uyushmalari Tashkilotining vise- prezidenti lavozimiga Qirg‘iziston kasaba uyushmalari Federasiyasi raisi Emil Qizayev hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi raisining o‘rinbosari Baxtiyor Maxmadaliyev nomzodlari taklif etildi va ushbu nomzodlar mazkur lavozimga bir ovozdan saylandilar.

Tashkilot birinchi vise-prezidentligiga zaxiraga Turk ISh Konfederasiyasi bosh kotibi, Turkmetall kasaba uyushmasi raisi Pevrul Kavlak, vise prezidentlikka zaxiraga esa O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi raisining maslahatchisi Husan Ermatov, Qozog‘iston Energetika tarmog‘i kasaba uyushmasi markaziy kengashi raisi Bekbas Orazbek Telbay uli nomzodlari ilgari surildi va bir ovozdan saylandi.

S’ezd davomida Tashkilotning Bosh kotibi va uning o‘rinbosarlari hamda ularning zahira nomzodlari ham saylab olindi.

Xususan, Tashkilotning Bosh kotibi lavozimiga Qozog‘iston Respublikasi kasaba uyushmalari Federasiyasi raisi Satibaldi Dauletalin, Bosh kotib o‘rinbosarligiga Ozarboyjon kasaba uyushmalari Konfederasiyasi raisining o‘rinbosari Gasan Jafarov, Qirg‘iziston kasaba uyushmalari Federasiyasi Turkiy davlatlar kasaba uyushmalari Tashkilotining I S’ezdida Tashkilot prezidenti va vise-prezidentlari saylandiraisining o‘rinbosari Omorbek Arstanbekov hamda O‘zbekiston Energetika, neft gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi Shuhrat Qurbonov nomzodi taklif etilib, mazkur lavozimlarga bir ovozdan saylandilar.

Bosh kotib o‘rinbosarlariga zaxira nomzodlar sifatida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Sanator-kurortlar boshqarmasi boshlig‘i Anvar Ahmedov, Ozarbayjon kasaba uyushmalari Konfederasiyasi raisining o‘rinbosari Agil Dadashev, Turkiya shaxterlar kasaba uyushmalari kengashi raisi Nuriddin Aqjul nomzodlari taklif etilib, bir ovozdan saylandi.

Shuningdek, 1-S’ezd davomida Tashkilotning Nazorat-taftish komissiyasi saylab olindi. Ustavga muvofiq Nazorat-taftish komissiyasiga har bir a’zo tashkilotdan bir nafardan a’zo va bir nafardan zaxira nomzodlar taklif etildi. Xususan, Nazorat-taftish komissiyasi a’zoligiga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi raisining o‘rinbosari, Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Anvarjon Abdumuxtorov, Turkiya Tole ish kasaba uyushmasi raisi Jamoil Bakindi, Ozarbayjon Davlat muassasalari va xizmat ko‘rsatish xodimlari kasaba uyushmalari Respublika kengashi raisi Hikmat O‘smanov, Qozog‘iston Tog‘-kon va metallurgiya sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Aslbek Nuralin, Qirg‘iziston Respublikasi Agrosanoat majmuasi xodimlari kasaba uyushmasi kengashi raisi JeenbekO‘smonaliyev nomzodi ilgari surildi. Mazkur nomzodlar ushbu lavozimlarga delegatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullanib, saylandilar.

Tashkilot raislar kengashidagi muhokamalardan so‘ng Nazorat-taftish komissiyasi raisi lavozimiga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi raisining o‘rinbosari, Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Anvarjon Abdumuxtorov nomzodi taklif etildi va bir ovozdan saylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!