Turk aktrisasi eng go‘zal musulmon ayollar ro‘yxatiga kiritildi (FOTO)

Turk aktrisasi eng go‘zal musulmon ayollar ro‘yxatiga kiritildi (FOTO)

Hindistonning "Bollyinside" nashriga ko‘ra turkiyalik aktrisa Faxriye Evjen dunyodagi eng go‘zal 10 ta musulmon ayol ro‘yxatiga kiritilgan. "Geje" najrining yozishicha, Evjen reytingdagi yagona turk ayoliga aylandi.

Turk aktrisasi eng go‘zal musulmon ayollar ro‘yxatiga kiritildi (FOTO)

Manbaga ko‘ra, turk aktrisasi o‘ninchi o‘rinni egalladi. Evjen o‘zining tashqi fazilatlaridan tashqari, uchta xorijiy tilni – nemis, ispan va ingliz tillarini bilishi, shuningdek, Istanbuldagi bir nechta mehribonlik uylariga xayriya va homiylik qilishga ko‘p vaqt ajratishi bilan ham e’tiborni tortdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu reytingdan nafaqat o‘zining tashqi qiyofasi, balki hurmatga sazovor shaxsiy fazilatlari bilan e’tiborni tortgan dunyoning turli burchaklaridan 10 nafar musulmon ayol o‘rin olgan. Bu ayollar turli kasblarga mansub, dunyoqarashi va fuqarolik pozisiyalariga ega, ammo ularning barchasi jozibali, kuchli, iste’dodli va aqlli.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!