To‘pni mohirlik bilan boshqaruvchi afrikalik ayol Trampni hayratga soldi (video)

To‘pni mohirlik bilan boshqaruvchi afrikalik ayol Trampni hayratga soldi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda afrikalik ayolning futbol to‘pi yordamida ayollarga xos bo‘lmagan mohirlik va epchillikni namoyish etishi aks ettirilgan video keng tarqalmoqda.

O‘tgan haftaning oxiridan Twitter᾽da Akin Sawyerr niki ostidagi foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan videoni bir necha kun mobaynida 10 milliondan ziyod kishi tomosha qildi.

Foydalanuvchilar ayolning misli ko‘rilmagan mahoratiga tan berib, olqishlashda davom etishmoqda. Uning qobiliyatiga tan bergan bergan orasida AQSh yetakchisi Donald Tramp ham bor. Tramp o‘z repostiga Ajoyib! degan izohni ilova qildi.

​Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, videoda tanzaniyalik Hadxara Mdeje aks ettirilgan. U Afrika bo‘ylab gastrolga chiqib , o‘z namoyishlari bilan pul ishlab topadi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!