«Tunda tasvirga tushirish» tiniqligi bo‘yicha “iPhone 11” smartfonlar orasida eng yaxshisi deb topildi

«Tunda tasvirga tushirish» tiniqligi bo‘yicha “iPhone 11” smartfonlar orasida eng yaxshisi deb topildi

10 sentyabr kuni “Apple iPhone 11”, “11 Pro” va “11 Pro Max” tadqimotlarini o‘tkazdi. Ushbu seriyaning asosiy o‘ziga xosligi kameralar ishlashining yangilanganligi bo‘ldi. Modellar keng burchakli sensorlar, shuningdek, tele-foto ob’ektivlarga ega.

“TechCrunch”, “The Verge” va “Mashable” jurnalistlari yangi modelni sinovdan o‘tkazib, “iPhone”ning kamerasini smartfonlar orasida eng yaxshi deb e’tirof qildi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.

Jumladan, TechCrunch muharriri Mettyu Pansarinoning fikricha, “iPhone 11”ning «tunda tasvirga tushirish» funksiyasi juda ajoyib, bunda kadrlar darajasining batafsil va rang-barangligi, real hayotga yaqinligi hayratlanarli.

“The Verge” bosh muharriri Nilay Patelning aytishicha, «tunda tasvirga olish rejimi» “Pixel” bilan solishtirganda kadrni batafsil va to‘liq ko‘rsata oladi.

“Mashable”da ishlovchi  Reymond Vong esa “Apple iPhone 11 Pro”ga eng yaxshi uch kamerali tizimni joriy qila olganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, boshqa smartfonlar shunga o‘xshash sensorlarga ega bo‘lishi mumkin, ammo «bir butunlik»da bunday yaxshi ishlay olmaydi. 

“iPhone 11”ning narxi 699 dollar, Pro va Pro Max’ning narxlari esa  999 dollardan va 1099  dollargacha.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!